Urgançda jamoat transporti yangilanmoqda: 5 va 13-yönalişlarda yangi avtobuslar qatnaydi
9-06-2025, 23:16
820 марта

Urgançda jamoat transporti yangilanmoqda: 5va 13-yönalişlarda yangi avtobuslar qatnaydi
Ertadan Urganç şahri köçalarida 5 va 13-yönalişlar böylab zamonaviy avtobuslar harakatni boşlaydi.
Bugun, 9 iyun kuni Urganç şahrida jamoat transporti sohasida muhim yangilik malum böldi. “Bunyodbek” MÇJ mutasaddilari bilan olib borilgan suhbat davomida şahar aholisiga qulaylik yaratiş maqsadida 5 va 13-yönalişlarga yangi avtobuslar çiqarilişi malum qilindi.
Yangi avtobuslar qaysi yönalişlarga çiqmoqda?
- 5-yönaliş — Yaqin kunlarda faoliyat boşlaydi. Hozirda tayyorgarlik işlari yakuniga yetib qolgan.
- 13-yönaliş — Ertadan, yani 10 iyundan boşlab, yangi avtobuslar uşbu yönalişda harakatga tuşadi.
Uşbu avtobuslar orqali nafaqat transport qatnovi sifatli va xavfsiz, balki ekologik toza va iqtisodiy samarali taşiş tizimi ham joriy etilmoqda. Yangi transport vositalari zamonaviy konditsionerlar, xavfsizlik tizimi va keng salonlar bilan jihozlangan.
“Bunyodbek” MÇJ va transport sohasidagi özgarişlar
“Bunyodbek” MÇJ rahbariyatining takidlaşiça, yangi avtobuslar mahalliy aholining köp yillik talab va murojaatlariga javob sifatida xarid qilingan. Jamoat transportida sifat va qulaylikni oşiriş — şahar infratuzilmasini yangilaşdagi ustuvor yönalişlardan biri hisoblanadi.