USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yangi öquv yili boşlandi: Xorazmda 41 mingdan ziyod bola birinçi sinfga qadam qöydi

137 марта
Yangi öquv yili boşlandi: Xorazmda 41 mingdan ziyod bola birinçi sinfga qadam qöydi

Bugun, 2 sentyabr kuni mamlakatimizdagi barça umumtalim maktablarida yangi öquv yili boşlandi.

Maktablarda ilk bor «Birinçi qönğiroq» sadolari yangrab, minglab öquvçilar uçun yangi bilim va yangi marralarga boy davrga start berildi.

Xorazm viloyatida ham yangi öquv yili kötarinki kayfiyatda boşlandi. Joriy yilda viloyatda 41 ming nafardan ziyod öğil-qiz birinçi sinfga qabul qilinib, ular ilk bor maktab ostonasidan hatladi.
Yangi öquv yilining tantanali oçiliş tadbirlaridan biri Urganç tumanidagi 2-sonli umumtalim maktabida bölib ötdi. Unda Xorazm viloyati hokimi Jörabek Raximov iştirok etdi.

Tadbir davomida viloyat hokimi Özbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakat maktablari öquvçilari hamda ustoz-murabbiylariga yöllagan tabrigini öqib eşittirdi.

Quvonarlisi, mazkur maktab yangi öquv yili arafasida zamonaviy talablar asosida töliq tamirdan çiqarildi. Maktabni mukammal tamirlaş işlariga 10 milliard 600 million söm mablağ sarflangan.

Tantanali tadbirda Jörabek Raximov maktab jamoasini yangi öquv yili hamda talim muassasasining yangilangan qiyofasi bilan tabriklab, öquvçilarga omad va muvaffaqiyat tiladi.

Şuningdek, maktabga ilk bor qadam qöyayotgan birinçi sinf öquvçilariga Prezident sovğalari — öquv qurollari töplami topşirildi.

Yangi öquv yilining ilk kuni ayniqsa birinçi sinf öquvçilari uçun unutilmas voqeaga aylandi. Qalbida hayajon, qölida yangi öquv qurollari bilan maktab ostonasidan qadam qöygan bolajonlar uçun bu kun katta hayot yölidagi ilk qadamlardan biri böldi.
Endilikda ularni yangi bilimlar, yangi döstlar va katta orzular sari boşlaydigan qiziqarli öquv jarayoni kutmoqda.






Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: