USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Söm 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?

511 марта
Söm 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?

AQŞ dollarining sömga nisbatan Markaziy bank belgilagan qiymati 8 oylik minimumni qayd etdi. Iqtisodçi Mirkomil Xolboyevga köra, özbek sömining qadri oşişi – asosiy savdo hamkorlarning valyutalari ham dollarga nisbatan mustahkamlanayotgani fonida yuz bermoqda. Pul ötkazmalari, oltin va boşqa eksport tovarlar hamda kapital oqimlarining sönggi haftalardagi dinamikasi böyiça hali oçiq malumotlar yöq.
Foto: Kun.uz

Özbekiston Markaziy banki AQŞ dollarining sömga nisbatan rasmiy kursini 11 iyun uçun 12 674,37 söm deb belgiladi. Bu – 2024 yil 5 sentyabrdan keyingi davr uçun minimum körsatkiç böldi.

Sönggi 2 haftada söm dollarga nisbatan 2 foizga mustahkamlanib, 1 AQŞ dollari 265 sömga arzonlaşdi. Yil boşiga nisbatan dollarning arzonlaşişi 1,8 foizni taşkil etmoqda.



Bugun, 10 iyun kuni Amerika valyutasi aksariyat tijorat banklarida 12 750 sömdan 12 780 sömgaça bölgan qiymatda sotildi.

Sönggi bir yillikdagi dinamika

Sömga nima bölyapti?

Iqtisodçi Mirkomil Xolboyev sömning örtaça kursi sönggi 7 sessiyada 0,8 foizga mustahkamlangani sabablarini sanab ötdi.

Hamkor davlatlar valyutalari. Sönggi kunlarda hamkorlarimiz valyutalarining nisbatan mustahkamlaniş tendentsiyasi kuzatilmoqda. Xususan, iyun oyi boşidan buyon rublning örtaça kursi oldingi 6 sessiyadagi örtaça kursga nisbatan 0,4 foizga mustahkamlangan. May oyidagi örtaça kursga nisbatan esa 1,5 foizga mustahkamlandi.

Tengening örtaça kursi mayga nisbatan 0,3 foizga mustahkamlangan (oy boşi va 10 sana örtasidagi mustahkamlaniş esa 0,5 foiz atrofida). Hamkorlarimiz valyutalarining mustahkamlanişi ulardan pul ötkazmalarining ösişiga va milliy valyutamiz mustahkamlanişiga zamin yaratadi.

Sönggi haftada dollar indeksi nisbatan barqaror saqlanayotgan bölsa-da, haligaça nisbatan qadrsizlaniş fazada qolmoqda. Xususan, oy boşidan buyon biroz 0,1 foizga qadrsizlangan bölsa-da, sönggi bir oyda 2,5 foiz atrofida qadrsizlanganligini köriş mumkin. Dollarning global qadrsizlanişi esa sömning nisbatan barqaror qolişi va mustahkamlanişiga zamin yaratadi.

Bulardan taşqari, pul ötkazmalari (rubl mustahkamlanişi fonida tezlaşgan bölsa kerak), oltin va boşqa eksport tovarlarining özgarişi, kapital oqimi kabi omillar söm kursining özgarişiga tasir ötkazayotgan bölişi mumkin, lekin bu omillar böyiça malumotlar hozirça mavjud bölmaganligi uçun ularning aniq tasiri haqida xulosa beriş qiyin.

Oy boşidan buyon sömning boşqa valyutalarga nisbatan özgarişiga etibor qaratsak, köramizki (6 ta sessiya), söm dollardan taşqari iyena (0,37 foizga), funt (0,31 foiz) kabi zaxira valyutalariga nisbatan mustahkamlangan. Yevroga nisbatan esa barqaror qolgan (biroz qadrsizlangan). Bu holat global tendentsiyalarning sömga tasirini körsatadi. Yani global miqyosda yevroning dollarga nisbatan mustahkamlanişi kuzatilmoqda (oy boşidan buyon yevro dollarga nisbatan 0,8 foizga mustahkamlangan, örtaça kurs emas).

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: