Urganç nomi qaçondan hozirgi şaklda qöllanila boşlangan?
10-09-2026, 07:46
314 марта
Urganç nomi qaçondan hozirgi şaklda qöllanila boşlangan?Bugun Xorazmning mamuriy va iqtisodiy markazi sifatida tanilgan Urganç şahri bir neça asrlik tarixga ega. Ammo hozir biz odatlangan «Urganç» nomi şaharga dastlabki kunlaridanoq berilmagan.
Tarixiy malumotlarga köra, hozirgi Urganç şahri 1646 yilda Xiva xoni Abulğozi Bahodirxon tomonidan barpo etilgan. Yangi şahar qadimiy Urganç — bugungi Köhna Urgançdan farqlaş maqsadida «Yangi Urganç» deb atalgan.
Şu tariqa bir hududda tarixiy Köhna Urganç va yangi taşkil etilgan Yangi Urganç nomlari bir vaqtda qöllanib kelgan.
Qiziği şundaki, «Urganç» atamasining özi yangi emas. Qadimiy manbalarda Köhna Urganç nomi Gurganj, Gurganç kabi turli şakllarda uçraydi. Demak, bugungi Urganç nomi asrlar davomida turli til va manbalarda turliça talaffuz qilingan tarixiy nomning davomidir.
«Yangi Urganç»dan «Urganç»ga
Bugun esa «Yangi Urganç» nomi rasmiy şahar nomi sifatida tarixda qolgan. Biroq bu nom Urgançning qadimiy Köhna Urganç bilan boğliq tarixini ham eslatib turadi.
Şunday qilib, bugungi Urganç — 1646 yilda barpo etilgan Yangi Urgançning davomçisi, uning nomi esa 1929 yildan hozirgi şaklda qöllanila boşlagan.
Siz Urganç şahri 1929 yilgaça «Yangi Urganç» deb atalganini bilarmidingiz?
Manbalardagi tarixiy malumotlar asosida tayyorlandi.