Urganç tumanida 145 nafar fuqaroning murojaati örganildi
12-09-2026, 18:41
159 марта
Urganç tumanida 145 nafar fuqaroning murojaati örganildiBugun Urganç tumanida Xorazm viloyati hokimi Jörabek Raximovning navbatdagi sayyor qabuli ötkazildi.
Qabulga viloyatning turli hududlaridan kelgan 145 nafar fuqaro özlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi. Murojaatlar orasida soğliqni saqlaş, işga joylaşiş, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş kabi ijtimoiy va maişiy masalalar örin olgan.
Rasmiy malumotga köra, murojaatlarning bir qismi qabul jarayonining özida hal etilgan.
Qolgan masalalar esa qöşimça örganiş va malum vaqt talab qiladi. Bunday murojaatlar böyiça masul rahbarlarga tegişli topşiriqlar berilgan va ularning ijrosi nazoratga olingan.
Sayyor qabullarning ahamiyati şundaki, fuqarolar öz muammosini bevosita viloyat rahbariga yetkaziş imkoniyatiga ega böladi. Ammo qabulda berilgan topşiriqlarning natijasi faqat murojaatlar soni bilan emas, balki ularning qançasi amalda hal etilgani bilan baholanişi muhim.
Endi asosiy savol — 145 nafar fuqaroning qaysi murojaati qanday hal etildi va örganiş talab qiladigan masalalar böyiça natija qaçon körinadi?
Zero, sayyor qabulning haqiqiy samarasi qabul kuni emas, berilgan vadalarning ijrosi bilan namoyon böladi.
