Xorazmda ikki nafar farzand otasining qaramoğiga qaytarildi
15-09-2026, 13:24
193 марта
Xorazmda ikki nafar farzand otasining qaramoğiga qaytarildiYangiariq tumanida ikki nafar voyaga yetmagan farzand sud qarori asosida buvisining qaramoğidan olinib, otasi tarbiyasiga berildi.
Oilaviy nizolar sabab Yangiariq tumanida yaşovçi fuqaro A.M. ikki nafar voyaga yetmagan farzandini olib, ota uyiga qaytgan. Biroq oradan köp ötmay, vasiylik va homiylik organini xabardor qilmasdan, farzandlarini onasi I.M.ning qaramoğida qoldirib, daromad topiş maqsadida Rossiya Federatsiyasiga jönab ketgan.
Şundan söng bolalarning otasi B.X. farzandlarini öz tarbiyasiga oliş va ularning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilişni sörab sudga murojaat qilgan.
Fuqarolik işlari böyiça Boğot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, 10 va 5 yoşli ikki nafar bolani buvisi I.M.ning qaramoğidan olib, otasi B.X. tarbiyasiga beriş belgilangan.
Sud hujjati Majburiy ijro byurosi Yangiariq tumani bölimi iş yurituviga kelib tuşgaç, davlat ijroçilari tomonidan ijroni taminlaş böyiça tegişli harakatlar boşlangan.
Bolalarni ixtiyoriy ravişda otasiga topşiriş yuzasidan ogohlantiriş berilganiga qaramay, javobgar turli sabablarni keltirib, sud hujjati ijrosini keçiktirib kelgan.
Natijada qonunçilik talablari asosida körilgan tezkor ijro harakatlari davomida, xolislar iştirokida ikki nafar norasida farzand otasining bağriga qaytarildi.
Şu tariqa sud qarori ijrosi töliq taminlandi.
Mazkur holat yana bir bor voyaga yetmagan bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularning munosib tarbiya va oilaviy muhitda ulğayişini taminlaş muhim ekanini körsatadi.
