Xivada bozorlar faoliyati va obodonlaştiriş işlari örganildi
19-09-2026, 18:00
109 марта
Xivada bozorlar faoliyati va obodonlaştiriş işlari örganildiXiva şahar hokimi Temur Davletov bugun «Xiva dehqon bozori» AJ hamda «Xiva universal savdo kompleksi» AJga taşrif buyurib, bozorlarda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.
Taşrif davomida savdogarlar va xaridorlar uçun qulay şaroit yaratiş, savdo hududlarining sanitariya holati va obodonligini yaxşilaş, mavjud infratuzilmani tartibga keltiriş hamda bozorlarning taşqi qiyofasini yanada yaxşilaş masalalariga alohida etibor qaratildi.
Şuningdek, bozor hududlaridagi mavjud muammolar masullar iştirokida muhokama qilindi. Aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, hududlarni obodonlaştiriş va savdo jarayonlari uçun qulay muhit yaratiş böyiça zarur çora-tadbirlar belgilab olindi.
Şahar hokimi masullarga belgilangan işlarni sifatli va öz vaqtida amalga oşiriş, bozorlar hududida tozalik va tartibni taminlaş hamda obodonlaştiriş işlarini izçil davom ettiriş yuzasidan tegişli topşiriqlar berdi.





