«Yil öqituvçisi» tanlovida Xorazmning 13 nafar pedagogi ğolib böldi
19-09-2026, 23:04
526 марта
«Yil öqituvçisi» tanlovida Xorazmning 13 nafar pedagogi ğolib böldiPedagoglar örtasidagi nufuzli «Yil öqituvçisi» tanlovining ğoliblari aniqlandi. Özbekiston Respublikasi Prezidenti taşabbusi bilan joriy etilgan mazkur tanlovda Xorazm viloyatining barça tuman va şaharlaridan pedagoglar munosib iştirok etdi.
Tuman va şahar bosqiçlarida birinçi örinni egallagan pedagoglar tanlovning Xorazm viloyati böyiça ğoliblari sifatida qayd etildi.
Xorazm viloyatidan ğoliblikni qölga kiritgan pedagoglar:
🔹 Yangibozor tumani — Bobomurod Örozboyev Murodboyeviç
🔹 Yangiariq tumani — Dilfiröz Otajonova Ollanazarovna
🔹 Xonqa tumani — Malohat Matmurotova Azadovna
🔹 Xiva tumani — Dilnura Bekçanova Ravşanbekovna
🔹 Xiva şahri — Şoira Ğulamova Usmanjanovna
🔹 Urganç tumani — Rahimajon Zaripova Mahmudjon qizi
🔹 Urganç şahri — Maqsud Matkarimov Raximbergan öğli
🔹 Tuproqqala tumani — Ahmadjon Şerimbetov Kamiljon öğli
🔹 Şovot tumani — Alibeka Allaberganov Karimberganoviç
🔹 Qöşköpir tumani — Madina Ğayratova Hamdam qizi
🔹 Hazorasp tumani — Barno Babaniyazova Rustamovna
🔹 Gurlan tumani — Aydin Hasanova Bekturdiyevna
🔹 Boğot tumani — Faroğat Röziboyeva Mirzaboyevna
Malum qilinişiça, tanlovning tuman va şahar bosqiçlarida birinçi örinni egallagan har bir ğolib 616 million söm, yani bazaviy hisoblaş miqdorining 1400 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
«Yil öqituvçisi» tanlovi pedagoglarning kasbiy mahorati, talim jarayonidagi samarali yondaşuvlari va öz sohasidagi yutuqlarini namoyon etiş uçun muhim maydon hisoblanadi.
Xorazmlik barça ğolib pedagoglarni uşbu yuksak etirof bilan muborakbod etamiz va ularga kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.