«Tuxum barak» ham geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi
13-06-2025, 18:17
538 марта

«Tuxum barak» ham geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi
Adliya vazirligi tomonidan Xorazm viloyatiga xos bölgan «Tuxum barak» milliy taomi geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi.Mazkur taom öziga xos tayyorlaniş usuli, tarkibi va qadimiy ananalarga asoslanganligi bilan ajralib turadi. «Tuxum barak» asosan Xorazm viloyati aholisi orasida keng tarqalgan bölib, uşbu hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi.
Geografik körsatkiç sifatida röyxatdan ötkazilişi bu taomni huquqiy jihatdan himoya qiliş, sifat va nufuzini saqlab qoliş hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida tarğib qiliş imkonini beradi.
Eslatib ötamiz, geografik körsatkiç — bu mahsulotning malum bir hududga xosligi va aynan şu hudud omillari bilan boğliq alohida sifatlarga ega ekanligini bildiruvçi intellektual mulk obekti hisoblanadi.