Xorazmda yoş futbolçilar örtasida oçiq birinçilik yakunlandi
28-09-2026, 09:06
114 марта
Xorazmda yoş futbolçilar örtasida oçiq birinçilik yakunlandiXorazm viloyati futbol maktabi hamda Şovot tumani 1-son sport maktabi hamkorligida 2016–2017 yillarda tuğilgan bolalar örtasida «1 oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni»ga bağişlangan futbol böyiça oçiq birinçilik musobaqasi ötkazildi.
Qizğin va murosasiz bahslarga boy keçgan musobaqada yoş futbolçilar öz mahoratlarini namoyiş etib, ğalaba uçun munosib kuraş olib bordilar.
Musobaqa yakuniga köra:
1-örin — «Şoxobod» jamoasi
2-örin — «FC Hadji» jamoasi
3-örin — «Yangibozor FM» jamoasi
3-örin — «Yangiariq FM» jamoasi
Musobaqa yakunida ğolib va sovrindor jamoalar taşkilotçilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Yoş futbolçilarning bunday musobaqalarda iştirok etişi ularning sport mahoratini oşiriş, futbolga bölgan qiziqişini yanada kuçaytiriş hamda kelajakda Xorazm futboli uçun munosib avlodni tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Barça iştirokçi jamoalarni tabriklaymiz va yoş futbolçilarga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tilaymiz.







