USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bugun Xorazmning qaysi tumanlarida gaz bölmaydi?

236 марта
Bugun Xorazmning qaysi tumanlarida gaz bölmaydi?

Bugun, 28-oktabr kuni Boğot, Xiva, Şovot, Qöşköpir va Yangiariq tumanlarining bir qator mahallalarida tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda "Urgançtransgaz" unitar korxonasi xabar berdi.

Korxona ma'lumotiga köra, gaz taqsimlaş stansiyalarida mavsumiy şayba almaştiriş işlari olib boriladi. Natijada jami 39 257 ta aholi xonadoni va 740 ta ulgurji iste'molçi vaqtinça gazsiz qoladi.

Boğot tumani — soat 09:00 dan 17:00 gaça

"Boğot-1" gaz taqsimlaş stansiyasidagi işlar sababli Oq tepa, Hurriyat, Abu Rayxon Beruniy, Nurafşon, Aşxobod, Oltinqum, Obod, Nurlimaskan, Gulşan va Köna birlaşuv mahallalarida gaz bölmaydi. Bu yerda 8 250 ta xonadon va 287 ta ulgurji iste'molçi gazsiz qoladi.

Xiva tumani — soat 08:00 dan 18:00 gaça

"Polvon" gaz taqsimlaş stansiyasidagi işlar sababli Juryon, Qumyop, Şörköl, Xorvuz, Sayot mahallalari hamda Göja guzarida gaz bölmaydi. Bu yerda 4 651 ta xonadon va 78 ta ulgurji iste'molçi gazsiz qoladi.

Şovot va Qöşköpir tumanlari — soat 08:00 dan 17:00 gaça

"Şovot-2" gaz taqsimlaş stansiyasidagi işlar sababli Şovot tumanining Böston, Guliston, Mevazor, Royat, Navröz, Eşonqal'a, Arbek, Oq-köl, Monoq, Ogahiy, Töqmanğit, Çiğatoy mahallalarida hamda Qöşköpir tumanining Şerobod, Mehnatobod, Paxtakor, Ilgaldi, Begovot va Döstlik mahallalarida gaz bölmaydi. Bu yerda 11 126 ta xonadon va 100 ta ulgurji iste'molçi gazsiz qoladi.

Yangiariq tumani — soat 10:00 dan 18:00 gaça

"Yangiariq" gaz taqsimlaş stansiyasidagi işlar sababli Yangiariq, Yangiobod, Ogahiy, Vakillar, Gulboğ, Şirşoli, Qöriqtom, Pörsang, Yangiyer, Tagan, Gulşanda, Sevgan, Soburzon, Arboblar, Qarmiş, Aççiq quyi, Bayot, Döstlik, Urganç, Çaqir, Ostona, Xöjalar va Sardorlar mahallalarida gaz bölmaydi. Bu yerda 15 230 ta xonadon va 275 ta ulgurji iste'molçi gazsiz qoladi.

Ta'mirlaş işlari tugagaç, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

Aholiga ovqat tayyorlaş va isitiş rejasini oldindan şunga moslaş tavsiya etiladi. Gaz qayta berilgandan söng plita va isitiş qurilmalarini yoqişdan oldin barça kranlar yopiq ekanini tekşirib oliş lozim.

Manba: "Urgançtransgaz" unitar korxonasi

#Xorazm #gaz #Boğot #Xiva #Şovot #Qöşköpir #Yangiariq

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: