IIV Tezkor-qidiruv departamentiga yangi boşliq tayinlandi
Сегодня, 18:07
184 марта
IIV Tezkor-qidiruv departamentiga yangi boşliq tayinlandiBugun, 28-oktyabr kuni Mirmansur Mirşohidoviç Mirhamidov Içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boşlığı lavozimiga tayinlandi. Tegişli qarorni Özbekiston Respublikasi Prezidenti imzoladi.
Mirmansur Mirhamidov kim?
Yangi rahbar şu kunga qadar Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti boşlığining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan. Ya'ni u departament faoliyatini içkaridan yaxşi biladigan mutaxassis hisoblanadi.
Oldin kim rahbarlik qilgan?
Eslatib ötamiz, 2025-yil mart oyida Içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boşlığı polkovnik Şavkat Rahmonov işdan olingan edi. Uning örniga polkovnik Ayubxon Toşxöjayeviç Rahmatullayev Içki işlar vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangandi.
Tezkor-qidiruv departamenti Içki işlar vazirligi tizimida oğir va uyuşgan jinoyatlarni oçiş, qidiruvdagi şaxslarni topiş hamda tezkor-qidiruv tadbirlarini taşkil etiş bilan şuğullanuvçi asosiy bölinmalardan biri hisoblanadi.
Manba: Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori
#IIV #tayinlov #TezkorQidiruvDepartamenti #Özbekiston #XorazmBugun