Ertaga Xorazmning qator hududlarida elektr energiyasi vaqtinçalik öçiriladi
Bugun, 20:42
216 марта
Ertaga Xorazmning qator hududlarida elektr energiyasi vaqtinçalik öçiriladi29-oktabr kuni viloyatning yetti tumani hamda Xiva va Urganç şaharlarining ayrim mahallalarida elektr energiyasi ta'minotida uzilişlar bölişi mumkin. Bu haqda Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, uzilişlar soat 10:00 dan 18:00 gaça davom etadi. Bunga elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qiliş qoidalariga asosan rejalaştirilgan profilaktika işlari sabab bölmoqda.
Elektr ta'minotida uzilişlar kuzatilişi mumkin bölgan hududlar:
Urganç tumani: Komiljon Otaniyozov, Jayhun, Oqyop, Ravot, Qönğirot, Zargarlar, Yuqori Jirmiz, Qoromon, Beruniy mahallalari.
Gurlan tumani: Döstlik boği mahallasi.
Şovot tumani: Ogahiy, Navröz, Bözqal'a, Beşçiqir, Ijtimoiyat, Paxtakor mahallalari.
Qöşköpir tumani: Nezaxos, Örta qişloq, Polvon, Köktom, Qadriyat, Oltin voha, Durdona, Xonobod mahallalari.
Xonqa tumani: Madaniyat, Şodlik, Guliston, Zinaxos mahallalari.
Hazorasp tumani: Atalik, Şarof Raşidov, Oybek, Törtta, Sulaymonqal'a, Işçilar, Piçoqçi, Juvondir, 12 narvon, Zexnli, Uzukkaqoş, Sayapir, Oxunboboyev, B. Matirzayev, Ziyoli, Pahlavon Mahmud, Boğdor, Al-Xorazmiy mahallalari.
Tuproqqal'a tumani: Navbahor, Sahovat, Şarlauq, Muhabbat mahallalari.
Xiva şahri: Çanaşik va Panomaqsum mahallalari.
Urganç şahri: Olmaboğ va Yangi Aşxobod mahallalari.
Korxona aholini keltirilgan noqulayliklar uçun uzr södi. Yuqoridagi mahallalarda yaşovçilarga telefon va boşqa qurilmalarni oldindan quvvatlab olişi, elektr bilan işlaydigan zarur yumuşlarni esa ertalab soat 10:00 gaça yoki keçki payt rejalaştirişi tavsiya etiladi.
Manba: Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
#Xorazm #elektr #öçiriliş #Urganç #Xiva #XorazmBugun