USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Şovotda gaz ta'minoti yaxşilanmoqda: «Arbob» mahallasida 260 ga yaqin xonadon barqaror gaz oladi

66 марта
Şovotda gaz ta'minoti yaxşilanmoqda: «Arbob» mahallasida 260 ga yaqin xonadon barqaror gaz oladi

Şovot tumanida aholini uzluksiz va bir maromdagi tabiiy gaz bilan ta'minlaş, tizimdagi texnologik yöqotişlarning oldini oliş maqsadida kompleks çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Ayni paytda işlar tumanning «Arbob» mahallasida olib borilmoqda.

Quvurlar tartibga keltirilmoqda

Rejaga muvofiq, mahalladagi gaz quvurlari tartibga keltirilib, bosim töğri taqsimlanmoqda, eskirgan qismlar texnik jihatdan sozlanmoqda. Bu işlar yakunlangaç, hududdagi 260 ga yaqin xonadon barqaror va sifatli tabiiy gaz bilan ta'minlanadi. Şuningdek, tarmoqdagi ortiqça isrof va yöqotişlarning oldi olinadi.

Hisoblagiçlar qayta nazoratga olinmoqda

Mutaxassislar hisob-kitob intizomini mustahkamlaşga ham alohida e'tibor qaratmoqda. Tizim bilan aloqasi uzilgan yoki ma'lumot uzatişda uzilişlar bölgan elektron gaz hisoblagiçlarining aloqasi qayta tiklanib, töliq nazoratga olinmoqda.

Xonadonma-xonadon tuşuntiriş işlari

Texnik işlar bilan bir qatorda aholi örtasida xavfsizlik madaniyatini oşirişga qaratilgan profilaktik tadbirlar ham yölga qöyilgan. Soha xodimlari xonadonma-xonadon yurib, aholiga quyidagilarni tuşuntirmoqda:

— tabiiy gazdan tejamkor va oqilona foydalaniş;
— kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlanişning oldini oliş;
— nostandart va qölbola isitiş moslamalaridan foydalanmaslik;
— xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya etiş.

Mutasaddilarning ta'kidlaşiça, bunday tizimli işlar «Arbob» mahallasi aholisining xavfsiz va farovon hayot keçirişini ta'minlaş bilan birga, hududda energiya resurslaridan oqilona foydalaniş samaradorligini oşirişga xizmat qiladi.

#Şovot #Xorazm #gaz #tabiiygaz #XorazmBugun



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: