Ertaga Urganç, Gurlan va Qöşköpirning 22 ta mahallasida svet öçadi
6-11-2026, 22:03
293 марта
Ertaga Urganç, Gurlan va Qöşköpirning 22 ta mahallasida svet öçadi7-noyabr kuni Urganç, Gurlan va Qöşköpir tumanlarining ayrim mahallalarida elektr energiyasi ta'minotida vaqtinçalik uzilişlar bölişi mumkin. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qiliş qoidalariga asosan joriy profilaktika işlari ötkaziladi. Şu sababli 7-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça quyidagi hududlarda elektr energiyasi berilmasligi mumkin.
Urganç tumani: Oltinköl, Yoşlik, Mevazor, Böston, Oqyop, Ravot, Qönğirot, Zargarlar va Kattaboğ mahallalari.
Gurlan tumani: Boğişamol, Yangiasr, Boğiston, Şodlik, Navbahor va Gulşan mahallalari.
Qöşköpir tumani: Börloq, Ayronköl, Gulzor, Madaniyat, Taraqqiyot, Iqbol va Çamanzor mahallalari.
Iste'molçilarga elektr energiyasiga boğliq işlarni oldindan rejalaştirib olişlari, uy-rözğor texnikasini tarmoqdan uzib qöyişlari tavsiya etiladi. Filial keltirilgan noqulayliklar uçun uzr söradi.
Manba: "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
#Xorazm #Urganç #Gurlan #Qöşköpir #Elektr #XorazmBugun