Elektrdan noqonuniy foydalaniş: Xorazm eng kam qoidabuzarlik aniqlangan hududlar qatorida
10-11-2026, 08:01
124 марта
Elektrdan noqonuniy foydalaniş: Xorazm eng kam qoidabuzarlik aniqlangan hududlar qatoridaÖzbekistonda 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida elektr energiyasi va tabiiy gazdan qonunga xilof foydalanişning 3,1 minga yaqin holati aniqlandi. Bu haqda Özenergoinspeksiya rahbariyati 4-noyabr kuni ötkazgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Mutasaddilar ma'lumotiga köra, bunday qoidabuzarliklar oqibatida davlat manfaatlariga qariyb 900 milliard söm zarar yetkazilgan. Şundan taxminan 250 milliard sömi allaqaçon undirib olingan.
Elektr energiyasi böyiça 1 985 ta holat qayd etilgan: bu holatlarda 242 million kilovatt-soat elektr qonunsiz iste'mol qilinib, 458 milliard sömga yaqin zarar keltirilgan. Eng köp holatlar Andijon, Qaşqadaryo, Samarqand viloyatlari va Toşkent şahrida aniqlangan. Eng kam körsatkiç esa Qoraqalpoğiston Respublikasi, Sirdaryo va Xorazm viloyatiga töğri kelgan.
Tabiiy gaz böyiça 1 100 ga yaqin holat aniqlanib, 144 million kub metrga yaqin gaz noqonuniy işlatilgan, zarar miqdori 441 milliard sömni taşkil etgan. Bu yönalişda Andijon, Buxoro, Namangan, Farğona viloyatlari va Toşkent şahri yetakçilik qilgan. Bundan taşqari, mamlakatdagi 1 500 ga yaqin metan şoxobçasidan 24 tasida qoidabuzarlik qayd etilgan.
Xorazm viloyati böyiça alohida raqamlar e'lon qilinmagan. Biroq kuz-qiş mavsumi boşlanayotgan bir paytda hudud elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş eng kam aniqlangan viloyatlar qatoridan joy olgani e'tiborga molik.
#Xorazm #Urganç #Energetika #Elektr #Özenergoinspeksiya #XorazmBugun