USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazm yöllari qişga tayyor: 117 ta maxsus texnika va katta hajmda tuz-qum zaxirasi

60 марта
Xorazm yöllari qişga tayyor: 117 ta maxsus texnika va katta hajmda tuz-qum zaxirasi

Xorazm viloyatida 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida avtomobil yöllarida harakat xavfsizligini ta'minlaş va noqulay ob-havo şaroitida yöllarning uzluksiz işlaşini taşkil etiş maqsadida tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Bu haqda viloyat AYBB axborot xizmati xabar berdi.

Mavsumga tayyorgarlik doirasida jami 117 dona maxsus yöl texnikasi jalb etilgan. Şuningdek, qor va muzlamaga qarşi kuraşiş uçun zarur moddiy-texnik zaxiralar ham şakllantirilgan.

Jamğarilgan zaxiralar:
— 2 805 tonna tuz;
— 7 086 kub metr qum;
— 800 tonna sovuq asfalt.

Ma'lumot uçun, sovuq asfalt qiş mavsumida yöl qoplamasida paydo bölgan çuqurlarni tezkor töldiriş uçun işlatiladi.

Viloyatdagi umumiy foydalanişdagi 2 202 kilometr avtomobil yöllarida qor yoğişi, muzlama va boşqa noqulay ob-havo holatlarida tezkor çoralar köriş uçun barça zarur imkoniyatlar safarbar etilmoqda.

Mutasaddilarning ta'kidlaşiça, asosiy maqsad — yöllarda harakat xavfsizligini ta'minlaş hamda aholi uçun qulay va uzluksiz transport qatnovini yaratiş.

Haydovçilarga esa qiş mavsumida yöl harakati qoidalariga qat'iy rioya qiliş, tezlikni ob-havo şaroitiga moslaş va avtomobillarni qişki mavsumga öz vaqtida tayyorlab qöyiş tavsiya etiladi.

Manba: Xorazm viloyati AYBB axborot xizmati

#Xorazm #XorazmViloyati #yöllar #qiş #XorazmBugun








Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: