Ertaga Xorazmning 6 ta tumanida elektr ta'minotida uzilişlar böladi — mahallalar röyxati
17-11-2026, 22:10
713 марта
Ertaga Xorazmning 6 ta tumanida elektr ta'minotida uzilişlar böladi — mahallalar röyxati18-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça Urganç, Qöşköpir, Xiva, Xonqa, Boğot va Hazorasp tumanlari hamda Urganç şahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtinçalik öçirilişi mumkin.
Korxona ma'lumotiga köra, uzilişlar Özbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qiliş qoidalari asosida ötkaziladigan joriy profilaktika işlari bilan bağliq.
Elektr ta'minotida uzilişlar kuzatilişi mumkin bölgan mahallalar:
📍 Urganç tumani: Çölobod, Turkmanlar, Oq maktab mahallalari.
📍 Qöşköpir tumani: Xayrobod va Kuynazey mahallalari.
📍 Xiva tumani: Juryon, Qumyop, Göjaguzari, Şurluq, Kattiboş, Soyot, Şayx N.Kubro mahallalari.
📍 Xonqa tumani: Yoşkuç mahallasi.
📍 Boğot tumani: Yuksaliş, Ustalar, Namuna, Gulzor, Tozabozor, Saxovat, Navröz mahallalari.
📍 Hazorasp tumani: Boğdor, Sulaymonqal'a, Işçilar, Oybek, Al-Xorazmiy, Aloqaliköl, Yangibozor, Şovot, Ğafur Ğulom, Karvak, Böston, Qovunçi, Mustaqillik, Navröz mahallalari.
Sana: 18-noyabr
Vaqt: 10:00 – 18:00
Mazkur hududlarda yaşovçilarga telefon va boşqa qurilmalarni oldindan quvvatlab olişlari, elektr ta'minoti tiklanişi paytida kuçlanişning keskin özgarişidan saqlaniş uçun maişiy texnikani tarmoqdan uzib qöyişlari tavsiya etiladi.
Elektr tarmoqlari xodimlari iste'molçilardan vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söradi.
Manba: Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi
#Xorazm #elektr #Urganç #Qöşköpir #Xiva #Xonqa #Boğot #Hazorasp #XorazmBugun