Urgançda Damas ustiga simyoğoç qulab tuşdi — avtomobil butunlay yançildi
26-06-2025, 14:50
859 марта
Urgançda Damas ustiga simyoğoç qulab tuşdi — avtomobil butunlay yançildiUrganç şahrida xavfli hodisa yuz berdi: yuk avtomobilining ehtiyotsiz harakati oqibatida simyoğoç ağdarilib, Damas rusumli avtomobil ustiga qulab tuşdi. Voqea natijasida maşina jiddiy şikastlandi va butunlay yançilib qoldi.
Şuningdek, simyoğoç yonida joylaşgan binoga ham zarar yetgani aytilmoqda. Ayni damda hodisaning aniqlaştirilgan manzili körsatilmagan bölsa-da, voqea Urganç şahri hududida sodir bölgani tasdiqlandi.
Guvohlarning takidlaşiça, yuk avtomobilining haydovçisi transport vositasini ehtiyotsiz boşqargan. Simyoğoç muvozanatini yöqotib, yon atrofdagilarga xavf tuğdirgan.
Rasmiy idoralar hodisa yuzasidan hozirça heç qanday bayonot bermagan. Jabrlanganlar bor-yöqligi va voqeaning töliq sabablari yuzasidan aniqlik kiritilmoqda.