Urganç — Xiva pulli yölidan kuniga 1700 tagaça avtomobil harakatlanmoqda
19-11-2026, 10:23
601 марта
Urganç — Xiva pulli yölidan kuniga 1700 tagaça avtomobil harakatlanmoqdaÖzbekistondagi ilk pulli trassada yengil avtomobillar uçun yöl haqi 17,6 ming söm, mikroavtobuslar uçun 44 ming söm, avtobuslar uçun 66 ming sömni taşkil etadi.
Urganç — Xiva pulli yölidan kuniga 1700 ga yaqin avtomobil harakatlanmoqda. Bu haqda Xorazm viloyati avtomobil yöllari boş boşqarmasi bölim boşliği Duşanboy Zarifboyev ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, dastlab yölga kirişda ikkita tölov terminali faoliyat yuritgan. Keyinçalik Yangiariq-Xiva yönalişidan ham kiriş imkoniyati yaratilib, terminallar soni uçtaga yetkazildi. Yangiariq yölidan pullik trassaga yettinçi kilometrda qöşiliş mumkin. Uşbu yönaliş orqali Xivagaça bölgan masofa 28 km ni taşkil etadi.
“Oçilganiga ikki oydan oşgan pulli yölimizda hozirda kuniga 1,6−1,7 mingta avtomobil harakatlanmoqda”, — dedi boşqarma bölim boşliği. Ayrim kunlarda bu körsatkiç 2 mingtagaça yetgan.
Bundan taşqari, yölda avtomobillar yuqori tezlikda harakatlanişi sababli uy hayvonlari çiqib ketişining oldini oliş uçun maxsus tösiqlar örnatilmoqda. Zaripboyev bu işlar haydovçilar va yölovçilar xavfsizligini ta’minlaşga qaratilganini bildirdi.
Tölovlar bank kartasi yoki QR-kod orqali qabul qilinadi. Pulli trassada yengil avtomobillar va mototsikllar uçun yöl haqi dastlab taklif qilingan 26,4 ming sömdan 17,6 ming sömgaça pasaytirildi. Yangiariq — Xiva yönalişida esa bu tölov 14,52 ming söm etib belgilandi. Mikroavtobuslar uçun tarif 44 ming, avtobuslar uçun 66 ming sömni taşkil etadi.