Xorazmda tezkor tadbir davomida 250 grammdan ortiq “opiy” aniqlandi
1-07-2025, 17:37
606 марта
Xorazmda tezkor tadbir davomida 250 grammdan ortiq “opiy” aniqlandiXorazm viloyati bojxona boşqarmasi, viloyat DXX va IIB xodimlari tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvçi organlari xodimlari bilan hamkorlikda Törtköl tumanida ötkazilgan tezkor tadbir davomida “opiy” giyohvandlik vositasi aniqlandi.
Tadbir davomida “ISUZU” rusumli avtotransport vositasida yölovçi sifatida harakatlanayotgan fuqaroning sumkasi belgilangan tartibda közdan keçirilganida, unda silindrsimon şakldagi tsellofan paketlarga öralgan, sof oğirligi 217,15 gramm bölgan “opiy” giyohvandlik vositasi borligi malum böldi.
Şuningdek, fuqaroning özi kiyib olgan içki kiyimi içida ham yana 1 öramda, sof oğirligi 37,52 gramm bölgan “opiy” moddasi borligi aniqlandi.
Ötkazilgan tezkor tadbir davomida jami sof oğirligi 254,67 gramm bölgan “opiy” giyohvandlik vositasining noqonuniy muomalasiga çek qöyildi.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.