Aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib beriş – asosiy vazifa
1-07-2025, 17:44
130 марта

Aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib beriş – asosiy vazifa
Aholi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş, istemolçilarni sifatli elektr energiyasi bilan taminlaş hamda Prezidentning PQ-330-sonli «Kambğallikdan farovonlik sari» dasturi doirasida birinçi navbatdagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Hududiy quriliş-montaj direktsiyasi” filiali Xorazm hududiy bölinmasi tomonidan bir qator amaliy işlar olib borilmoqda.
Gurlan tumanida yangi tarmoqlar qurilmoqda
Ayniqsa, bugun Gurlan tumanida aholi uçun barqaror elektr taminotini taminlaş masalasiga alohida etibor qaratilmoqda. Hududda eski elektr uzatiş ustunlarini yangilaş, zamonaviy kabellar örnatiş va yangi transformator punktlarini quriş işlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Jumladan, Gurlan tumani “Esabiy” mahallasida eski elektr ustunlari örniga 131 ta yangi temir-beton ustunlari örnatildi. Şuningdek, 6,7 km zamonaviy SIP kabellar tortilib, quvvati 250 kVA bölgan yangi transformator punkti qurilmoqda. Bu işlar tufayli mahalla aholisi elektr energiyasidagi uzilişlardan xalos bölib, sifatli va barqaror yoritişdan foydalaniş imkoniga ega böladi.
Maqsad – har bir xonadonga sifatli tok
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddilariga köra, bunday işlar nafaqat Gurlanda, balki viloyatning boşqa tumanlarida ham bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Asosiy maqsad – har bir xonadon va korxona sifatli elektr energiyasi bilan taminlanişi, aholi hayotida qulaylik va farovonlik ortişi
