Xorazmda rekord darajadagi issiq ob-havo qayd etildi
4-07-2025, 15:07
805 марта
Xorazmda rekord darajadagi issiq ob-havo qayd etildiJoriy yilning 3-iyul kuni Xorazm viloyati böyiça eng yuqori havo harorati Xiva şahrida kuzatildi. Mutaxassislar malumotiga köra, Xivada termometr ustuni +45,3°C darajani körsatgan.
Bu körsatkiç nafaqat joriy yoz mavsumidagi, balki keyingi yillardagi eng yuqori haroratlardan biri sifatida qayd etildi. Avvalgi kuzatuvlarga köra, Xorazm viloyatida maksimal harorat 47°C atrofida bölib, Taxiatoşda 47,3°C va Xivada 47°C harorat tarixda qayd etilgan edi.
Mutaxassislar issiq havo tufayli fuqarolarni kunning eng issiq soatlarida (12:00 dan 17:00 gaça) bevosita quyoş ostida köp yurmaslikka, köproq suyuqlik içişga, issiq urişidan ehtiyot bölişga çaqirmoqda.
Xorazm viloyatida hozirda ham ob-havo şaroiti quruq va issiq bölib, mutasaddi idoralar aholiga barça zarur tavsiyalarni berib bormoqda.