Xorazmça luğatning ilk ilovasi
16-04-2025, 16:55
728 марта


Xorazm şevalari luğatçiligi ança taraqqiy etgan. Ötgan asrda F.Abdullayevning “Xorazm şevalari luğati” va O.Madrahimovning “Özbek tili öğuz lahjasining qisqaça qiyosiy luğati” kabilar elon qilingan. Keyingi yillarda ham Xorazm şevalari böyiça luğatlar naşr etiş qizğin tus oldi. Masalan, Ş.Norboyeva, N.Sadullayeva, M.Atabayevalar hammuallifligidagi “Xorazm şevalaridagi maqol va iboralarning qisqaça izohli luğati” va “Xorazm şevalari luğati” naşr etildi. Şuningdek, luğat yaratişda soha mutaxassislari – filolog-dialektologlar bölmasa-da, qiziquvçilar tomonidan ham bir qança taşabbuslar qilindi. Xususan, K.Avazning “Xorazm sözlarining qisqaça izohli luğati”, Ş.Jumaniyozovning “Xorazm şevasi kiçik luğati”, M.Saparniyazova, M.Sabirovalarning “Onasöz” va N.Atajanov, T.Atajanovlarning “Xorazm şevasi luğati” kabilar şu tipdagi luğatlardandir. Töğri, mazkur luğatlar dialektal luğatlar andozasiga u qadar mos emas. Lekin ularda adabiy til va boşqa şevalardan farqli aynan Xorazm şevalariga xos köplab sözlarni uçratiş mumkin. Masalan: Adan – 1. Xonaning, uyning oşoği, pasti. 2. Körk: Adanli odam. Arganak (Aryanak) – panjara, temirdan yoki taxtadan qilingan tösiq.
Xorazm şevalari luğatlarini keng tusda tayyorlaşga qiziqiş uning elektron ilovalar körinişda ham yaratilişiga zamin bölmoqda. Dasturçi S.Ernazarov tomonidan yaratilgan Xorazmça (Xorazm şevasi luğati) ilovasi şunday ilovalarning deboçasidir. Aytiş joizki, şevalar luğati ilovasini tayyorlaş özbek tilşunosligi, xususan, özbek dialektologiyasi (şevaşunosligi) uçun muhim hodisa bölsa-da, hali bu jarayon amalga oşirilmagan edi. Xorazm şevasi luğati ilovasining yaratilişi esa, bu boradagi dastlabki iş, birinçi qadam hisoblanadi. Şu jihatdan, mazkur luğat ilovasining yaratilişi tahsinga sazovordir. Uning bir qança afzalliklari bor. Birinçidan, ilovadan istalgan joyda, istalgan holatda foydalaniş mumkin. Ikkinçidan, ilovada berilgan sözlar va manolari özbek tilining amaldagi ikki yozuv tizimida (kirill va lotin) berilişi hamda nuşa oliş funktsiyasining mavjudligi uni öqiş, şuningdek, boşqa işlarda foydalaniş imkoniyatini osonlaştiradi (albatta, ilovadan olinganligi qayd etilgan holda). Uçinçidan, ilovada qidiruv funktsiyasi ham bölib, bu şevaga xos söz va jumlalarni oson topiş imkonini beradi. Törtinçidan, ilovaga yangi sözlar va ularning manolarini qöşiş imkoniyati ham bölib, ilovada söz va jumlalarni kengaytirib boriş mumkin. Beşinçidan, ilovada Xorazm vohasi şevalarining leksik xususiyatlari yaxşi oçib berilgan, şunga köra, unga qiziquvçilar, tadqiqot olib boruvçilar uçun dasturulamal, keyingi avlod vakillari uçun esa öziga xos “yodgorlik” sifatida xizmat qiladi.
Şuningdek, luğat ilovada bir qança kamçiliklar ham bor. Xususan, ilovada berilgan sözlar mavjud özbek adabiy tili yozuv tizimida berilgan. Ammo mazkur yozuv tizimlari jonli tilning, şevalarning fonetik xususiyatlarini tölaqonli oçib bera olmaydi. Şu jihatdan, özbek dialektologiyasida joriy etilgan transkriptsion belgilardan foydalaniş maqsadga muvofiqdir. Xorazm şevalari luğatçiligi ança salmoqli bölib, bu borada, F.Abdullayev (Xorazm şevalari luğati), O.Madrahimov (Özbek tili öğuz lahjasining qisqaça qiyosiy luğati), A.Işayev (Qoraqalpoğistondagi özbek şevalari), R.Yöldoşev (Toşhovuz viloyatidagi özbek şevalarining leksik xususiyatlari) va boşqa tadqiqotçilarning işlaridan foydalaniş mumkin. Yuqorida sanalgan olimlarning işlari, asosan, özbek kirill transkriptsiyasida yozilgan bölib, lotin transkriptsiyasi esa biroz mulohazatalabdir. Keyingi paytda özbek dialektologiyasida professor S.Aşirboyev tadbiq qilgan xalqaro turkologiya transkriptsiyasidan faol foydalanilmoqda. Aksar dialektologik tadqiqotlar uşbu xalqaro turkologiya transkriptsiyasi asosida yozilmoqda. Biz ham ilovaning lotin yozuvidagi leksik birliklarini mazkur transkriptsion belgilar tizimidan foydalanişni tavsiya qilamiz.
Şu bilan birga, ilovada diakretik belgilardan ham foydalanilmagan, natijada sözlarning talaffuzi noaniq bölib qolgan. Xorazm öğuz şevalarida boşqa şevalardan farqli çöziq unlilar mavjud. Mazkur çöziqlik köp hollarda sözlarning manosini farqlaşga xizmat qiladi. Masalan: tu:t “tut daraxti”, tut “tutmoq (fel)”; a:č “oç (sifat)”, ač “oçmoq (fel)”; ö:t “öt (inson tana azosi)”, öt “ötmoq (fel)”; gö:r “qabr”, gör “körmoq (fel)”; a:t “ism”, at “otmoq (fel)”; a:šïq “oşiq”, ašïq (öynaladigan suyak). Aksar sözlarda mano farqlanmasa ham, unlilar çöziqligi uçraydi: a:ǯï (aççiq), qu:ǯaq (quçoq), o:ǯaq (öçoq) kabi. Şu bois, uşbu holatlarni ham, albatta, ilovaga qayd etiş kerak.
Luğatda berilgan söz qaysi hududda, heç bölmaganda, qaysi şevada foydalanilişi ham ilovada bölişi töğri böladi, nazarimda. Sababi, öğuz şevalaridagi sözlarning aksari umumiy bölib, har bir hududni bittalab keltiriş şart emas. Yoki qipçoq şevalarida ham xuddi şunday. Şuningdek, sözning fonetik variantlari ham, albatta, hududi bilan keltirilişi zarur. Bu borada, F.Abdullayevning luğatçilik andozasidan foydalaniş maqsadga muvofiqdir.
Ilovada şevaga xos söz va uning manosini beriş bilan çeklanilgan. Luğatçilik andozasiga köra, albatta, luğatda berilgan söz gap içida misollar bilan keltiriladi. Şunga köra, ilovaga kiritilgan har bir söz misollar bilan dalillanişi lozim.
Ilovada kiçikroq hajmda kiriş qismini kiritiş kerak. Unda Xorazm şevalari tasnifi, luğatning tuzilişi, foydalanilgan transkriptsion belgilar, sözlarning berilişi haqida umumiy malumotlar qayd etilişi kerak. Şuningdek, uning talaffuzi ham berilsa, nur ustiga nur. Ilovadagi sözlarning özbekça manosi bilan birga rusça, inglizça (yoki ikkisidan biri) manosi ham berilsa, xalqaro darajadagi ilova sifatida foydalanişga asos böladi.
Aytilgan kamçiliklar, kiritilişi kerak deyilgan takliflar dialektolog (şevaşunos) mutaxassislar bilan birga işlaşni talab qiladi. Bu borada, Urganç davlat universiteti professor-öqituvçilari bilan hamkorlikni yölga qöyiş kerak. Şuningdek, moliyaviy jihatdan Xorazm viloyati hokimiyati qöllab-quvvatlasa, maqsadga muvofiq bölardi.
Elyor ALIMARDANOV,
ToşDÖTAU Folklorşunoslik va
dialektologiya kafedrasi öqituvçisi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abdullayev F. Xorazm şevalari. – Toşkent: Fan, 1961. – 348 b.
2. Avaz K. Xorazm sözlarining qisqaça izohli luğati. – Urganç: Urganç davlat universiteti bomaxonasi, 2006. – 80 b.
3. Atajanov N., Atajanov T. Xorazm şevasi luğati. – Urganç: Ijodkor, 2024. – 92 b.
4. Jumaniyozov Ş. Xorazm şevasi kiçik luğati. – Urganç: Quvançbek-Maşxura, 2019. – 72 b.
5. Madrahimov O. Özbek tili öğuz lahjasining qisqaça qiyosiy luğati. – Urganç: Xorazm, 1999. – 194 b.
6. Norboyeva Ş., Saʼdullayeva N., Atabayeva M. Xorazm şevalaridagi maqol va iboralarning qisqaça izohli luğati. – Urganç: Xorazm, 2022. – 104 b.
7. Norboyeva Ş., Saʼdullayeva N., Atabayeva M. Xorazm şevalari luğati. – Urganç: Xorazm, 2024. – 160 b.
8. Saparniyazova M., Sabirova M. Onasöz. – Toşkent, 2023. – 78 b.
9. https://play.google.com/store/apps/details?id=com.raqamli.xorazmshevasi