Xorazmda soliq qarzdorligini undiriş böyiça işlar davom etmoqda
15-07-2025, 20:50
400 марта
Xorazmda soliq qarzdorligini undiriş böyiça işlar davom etmoqdaMajburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boşqarmasi va uning hududiy bölimlari tomonidan sud hujjatlari hamda boşqa organlar qarorlari asosida soliq qarzdorliklarini undiriş yuzasidan bir qator işlar olib borilmoqda.
Tahlillarga köra, joriy yilda mazkur yönalişda jami 614,9 milliard sömlik 23 mingdan ortiq hujjatlar kelib tuşgan. Körilgan çoralar natijasida 17 mingdan ortiq ijro hujjatlarining ijrosi taminlanib, 518,9 milliard söm qarzdorlik undirildi.
Şuningdek, qolgan ijro hujjatlari yuzasidan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlarga tegişli 728 ta, 348,1 milliard sömlik mol-mulk xatlandi. Şundan 79 ta mol-mulk (46,2 milliard sömlik) auktsion savdolariga çiqarilib, belgilangan tartibda realizatsiya qilinmoqda. Mol-mulk sotuvidan tuşgan mablağlar qarzdorliklarni qoplaşga yönaltiriladi.
Masalan, Xorazm viloyati soliq boşqarmasi qaroriga asosan qarzdor fermer xöjaligining soliq qarzi uçun tumandagi 138 gektar qişloq xöjaligi yer uçastkasi xatlanib, 34 yilgaça bölgan ijara huquqi 4,4 milliard sömga elektron onlayn-auktsionga çiqarildi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan bu boradagi işlar bosqiçma-bosqiç davom ettiriladi.