Xonqada “Loyiha bor, lekin ijroda savol köp” – Prokuratura vakili quruvçilar bilan yuzma-yuz gaplaşdi
18-07-2025, 13:37
526 марта

Xonqada “Loyiha bor, lekin ijroda savol köp” – Prokuratura vakili quruvçilar bilan yuzma-yuz gaplaşdi
Tumanda amalga oşirilayotgan davlat investitsiya loyihalari va taşabbusli byudjet asosidagi bunyodkorlik işlari Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining örinbosari Salom Ismatoviç Samadov tomonidan örganildi.
Taşrif çoğida quriliş va tamirlaş işlari olib borilayotgan bir qator obektlarda bölib, bajarilayotgan işlarning holati örganildi. Jumladan, obektlarda masullar va quruvçi muhandislar bilan yuzma-yuz muloqotlar taşkil etilib, amalga oşirilayotgan işlar loyiha asosida, belgilangan muddat va talab darajasida sifati bilan bajarilişi kerakligi qatiy takidlandi.



Uşbu örganişlar davomida ayrim kamçiliklar ham aniqlandi. Xususan, iş jarayonida loyihadan çetlaşiş, işçi kuçi va moddiy-texnika taminotidagi uzilişlar, zarur hujjatlaştirişdagi yetişmovçiliklar qayd etildi.Boş prokuror örinbosari tomonidan byudjet mablağlarini maqsadli va samarali sarflaş, har bir tiyinning hisob-kitobini yuritiş hamda kamçiliklarga yöl qöymaslik böyiça mutasaddilarga aniq körsatmalar berildi.
Ayni paytda, uşbu quriliş va tamirlaş loyihalari aholi turmuş darajasini yaxşilaş, ijtimoiy soha obektlarini zamonaviylaştiriş va mahalliy infratuzilmani takomillaştirişda muhim örin tutadi. Şu bois, amalga oşirilayotgan har bir işda şaffoflik, sifat va öz vaqtida foydalanişga topşiriş asosiy mezon bölişi zarurligi takidlandi.