Xorazmda maxsus laboratoriya yordamida 400 ga yaqin gaz sizib çiqiş holati aniqlandi
21-07-2025, 17:06
365 марта
Xorazmda maxsus laboratoriya yordamida 400 ga yaqin gaz sizib çiqiş holati aniqlandi“Hududgaz Xorazm” gaz taminoti filiali tomonidan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda 1343,5 km uzunlikdagi yer osti gaz quvurlari tekşirildi. Tekşiruvlar natijasida 398 ta gaz sizib çiqiş holati aniqlanib, 2,4 million metr kub tabiiy gaz yöqotilişining oldi olindi.
Aholini uzluksiz va xavfsiz tabiiy gaz bilan taminlaş maqsadida “Hududgaztaminot” AJ tomonidan ajratilgan maxsus mobil laboratoriya avtotransport vositasi orqali Xorazm viloyatining şahar va tumanlarida joylaşgan yer osti gaz quvurlarida gaz sizib çiqiş holatlarini aniqlaş işlari amalga oşirilmoqda.

Mazkur mobil laboratoriyaning asosiy afzalligi — bir vaqtning özida yer osti va yer usti gaz quvurlarini aniqlik bilan tekşiriş imkoniyatidir. Oddiy holatda çilangar bir kunda piyoda bor-yöği 10 km masofani tekşirişi mumkin bölsa, mobil laboratoriya yordamida 80 kmgaça quvurlarni bir kunda közdan keçiriş mumkin.Natijada nafaqat vaqt, balki işçi kuçi tejaladi, tekşiruvlarning aniqligi oşadi va rejalaştirilgan vazifalar 200 foizga bajarilişiga erişiladi.
