Xorazmda “Jihodçilar” guruhi foş etildi — 11-sinf öquvçisi yopiq diniy guruh tuzgani aniqlandi
4-08-2025, 20:09
3 045 марта
Xorazmda “Jihodçilar” guruhi foş etildi — 11-sinf öquvçisi yopiq diniy guruh tuzgani aniqlandiXorazm viloyatida yoşlar örtasida diniy-ekstremistik guruhlarga qöşilişga uriniş holati foş etildi. Joriy yil 17 yanvar kuni viloyat Içki işlar boşqarmasi va boşqa tuzilmalar hamkorligida ötkazilgan faol tadbir davomida “Jihodçilar” DEOning “Özbek birodarlari” nomli yopiq guruhiga qarşi harakat amalga oşirildi.
Tadbir çoğida malum bölişiça, guruhni 2007 yilda tuğilgan, Hazorasp tumanidagi 20-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi — Z.S.Ş öğli taşkil etgan. U 2024 yil avgust oyida internet orqali “Özbek birodarlari” nomli guruh tuzib, unda jami 10 nafar yoşlar jalb etilgan.
Guruhda “Abduvali qori”, “Abdullox Zufar”, “Asadullox Urgançiy”, “Tohir Yöldoş”, “Abu Valid” va “Instruktor Ayub” kabi ekstremistik guruhlar rahnamolarining “hijrat” va “jihod”ga davat qiluvçi maruzalari hamda naşidalari tarqatilgani aniqlangan.
Tergov materiallariga köra, guruh azolari — 2008 yilda tuğilgan Quronboyev Asadbek va 2009 yilda tuğilgan B.Jmaktabni tamomlaganidan söng Turkiyaga işlaş bahonasida çiqib, u yerdan Suriyaga borib, terroristik tuzilmalar safiga qöşilişni rejalaştirgan.
Tadbir davomida guruh azolaridan 6 nafari ijtimoiy tarmoqlar orqali DEO/XTT ğoyalarini tarqatgani protsessual tartibda rasmiylaştirildi.
2025 yil 3 fevral kuni S.Z nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244¹-moddasi 3-qismi “g” bandi (jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Sud uni aybdor deb topib, qonunga muvofiq jazo tayinladi.