Urganç tumanida 15 ta mahallada gaz vaqtinça öçiriladi
4-08-2025, 23:55
898 марта
Urganç tumanida 15 ta mahallada gaz vaqtinça öçiriladi2025–2026 yillar kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari doirasida, 5 avgust kuni soat 09:00 dan 18:00 gaça Urganç tumanidagi 15 ta mahallaga tabiiy gaz yetkazib beriş vaqtinça töxtatiladi.
Tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatilişi rejalaştirilgan mahallalar quyidagilar:
Boğdorçi, Oq oltin, Qipçoq, Bobodehqon, Yuqori ovul, Köna ovul, Şahidonlar, Adolat, Oq maktab, Hojiboylar, Qiyot, Qayçili, Killavut, Çandir va Boqaylar.
Mazkur hududlarda:
- Aholi istemolçilari soni – 8 582 ta,
- Ulgurji istemolçilar soni – 145 ta.