Urganç tumanida bir kunda ikkita YTH: bu safar Cobalt va Jentra töqnaşdi
8-08-2025, 22:30
2 341 марта
Urganç tumanida bir kunda ikkita YTH: bu safar Cobalt va Jentra töqnaşdi8 avgust kuni Urganç tumanida bir kunning özida ikkita yöl-transport halokati sodir böldi. Ilk hodisada “Jiguli” va “Neksiya-2” töqnaşgan bölsa, ikkinçisi “Cobalt” va “Jentra” iştirokida röy berdi.
Ikkinçi YTH ham Ğaybu qişloğining Turkmanlar mahallasida sodir bölgani etiborga molik. Guvohlarning sözlariga köra, har ikki avtomaşina yukori tezlikda harakatlanib kelayotgan paytda töqnaşgan. Töqnaşuv oqibatida avtomobillarga jiddiy şikast yetgan.
Hozirda jabrlanganlar va halok bölganlar haqida rasmiy malumot berilmagan. Hodisa joyiga tez tibbiy yordam va huquqni muhofaza qiluvçi organlar yetib borgan.
Tegişli taşkilotlar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda. Urganç tumani Ğaybu qişloğidagi yöllarda xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş dolzarb masalaga aylangani közga taşlanmoqda.