Gurlanda fuqaroning 2 mlrd. sömdan ortiq qarzi undirib berildi
9-08-2025, 13:37
735 марта
Gurlanda fuqaroning 2 mlrd. sömdan ortiq qarzi undirib berildiMajburiy ijro byurosi Gurlan tumani bölimi iş yurituviga fuqarolik işlari böyiça Şovot tumanlararo sudining 21.05.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor D.S.dan undiruvçi A.K. foydasiga 1.939.082.914 söm asosiy qarz, 71.464.000 söm davlat boji va 37.500 söm poçta xarajati, jami 2.010.584.414 söm undiriş töğrisidagi ijro hujjati kelib tuşgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan Özbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro işi yuritişni qözğatiş töğrisida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning Özbekiston Respublikasi hududidan çetga çiqiş huquqlari vaqtinça çeklangan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdordan yuqorida körsatilgan jami 2 mlrd. 10 mln. 584 ming 414 söm pullar töliq undirib berilgan va ijro hujjati amalda ijro etilganligi sababli tamomlandi.