“Özgidromet” 13-avgust kuni Xorazmda havo haroratini malum qildi
12-08-2025, 11:29
2 059 марта
“Özgidromet” 13-avgust kuni Xorazmda havo haroratini malum qildi“Özgidromet” axborotiga köra, 13-avgust, çorşanba kuni Xorazm viloyatida havo biraz bulutli, ayrim joylarda özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Yoğingarçilik ehtimoli yöq.
Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, bazi hududlarda 13–18 m/s gaça kuçayişi va çanğ-tözon kuzatilişi mumkin.
Harorat keçasi 19–24 daraja, kunduzi esa 32–37 daraja atrofida böladi.
Takidlanişiça, havo haroratining kötarilişi va şamolning kuçayişi ayniqsa oçiq havoda işlaydiganlar hamda yöllarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyotkorlikni talab qiladi.