Yangibozorda bozordagi narx-navolar örganildi
23-08-2025, 16:41
352 марта
Yangibozorda bozordagi narx-navolar örganildiYangibozor tumani hokimligi, tuman prokuraturasi hamda Monopoliyaga qarşi kuraşiş departamentining tuman bölimi tomonidan bozor va dökonlarda oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolari hamda ularning sifat holati örganildi.
Monitoring jarayonida aholi tomonidan kundalik istemol qilinadigan mahsulotlar – göşt, sut va sut mahsulotlari, un, yoğ, sabzavot hamda mevalarning bozor narxlari tahlil etildi. Şuningdek, mahsulotlarning sifati, ularning belgilangan standartlarga mosligi hamda savdo jarayonida gigiyenik qoidalarga amal qilinişiga ham alohida etibor qaratildi.
Tekşiruv davomida ayrim dökon va savdo şoxobçalarida mahsulotlarni saqlaşda talablar töliq bajarilmagan holatlar ham aniqlandi. Mazkur holatlar yuzasidan masullarga tegişli körsatmalar berildi.Tuman hokimligi va mutasaddi idoralar tomonidan bunday monitoringlar muntazam davom ettirilişi, aholiga sifatli va arzon mahsulotlar yetkazib berişda doimiy nazorat olib borilişi qayd etildi.


