Xorazm boş imom-xatibi Prezident mukofotiga sazovor böldi
25-08-2025, 21:06
839 марта
Xorazm boş imom-xatibi Prezident mukofotiga sazovor böldiÖzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyoti va yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarga qöşgan munosib hissasi uçun bir qator soha vakillari faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi.
Ular ilm-fan, talim, soğliqni saqlaş, sport, adabiyot, madaniyat va sanat sohalarida, şuningdek, ommaviy axborot vositalari rivojida, yoş avlodni ona yurtga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşda köp yillik samarali xizmatlari uçun etirof etildi.
«Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan
• Xoliqnazar Nuriddin Mirzahamdam öğli – Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy.
«Imom Buxoriy» ordeni bilan
• Abdullayev Abdulhay Boltaboyeviç – Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi dotsenti.
• Abdullayev Xayrulla Ibodullayeviç – Xorazm viloyati boş imom-xatibi.
• Alimov Mirzamaxsud Xatambekoviç – Andijon viloyati boş imom-xatibi.
• Sayfudinov Raxmatula Xabibulayeviç – Toşkent şahar Yunusobod tumani “Minor” masjidi imom-xatibi.
• Yunusov Abduqaxxor Rixsibayeviç – Toşkent şahar boş imom-xatibi, Şayxontohur tumani “Şayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi.
❗️Maxsus takidlaş joizki, mazkur mukofotga sazovor bölganlar orasida Xorazm viloyati boş imom-xatibi Abdullayev Xayrulla Ibodullayeviç ham bor. Bu holat yurtimizning diniy-marifiy hayotida Xorazm vakillarining munosib örni va faoliyati yuksak darajada qadrlanişidan dalolat beradi.