Xorazm viloyati IIB boşliği, polkovnik Abdumajid Şermuxamedovning Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yöllagan bayram tabrigi
31-08-2025, 10:50
435 марта

Xorazm viloyati IIB boşliği, polkovnik Abdumajid Şermuxamedovning Davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yöllagan bayram tabrigi
Assalomu alaykum!
Xorazm viloyati içki işlar organlari xodimlarini, aziz faxriylarimizni hamda yurtimiz tinçligini himoya qilib, xizmat burçini bajariş vaqtida halok bölgan xodimlarimizning oila azolarini «Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun!» degan boş ğoya ostida nişonlanayotgan Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligi elon qilinganligining 34 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklayman.Har bir davlat va jamiyat taraqqiyotining zamirini avvalo tinçlik-osoyiştalik taşkil etişi inkor etib bölmaydigan haqiqatdir. Şu örinda esa Sizlarning Vatanga mehr va sadoqat bilan qilayotgan har kunlik mehnatingiz Özbekiston mustaqilligini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda desak mubolağa bölmaydi. Albatta jamiyatimizda tinçlik-osoyiştalikni taminlaş borasida içki işlar organlariga yaqindan yordam berib kelayotgan boşqa huquq-tartibot organlari, jamoatçilik vakillarining hamkorligini ham alohida etirof etgan holda doimo yuksak qadrlaymiz.
Bugun Yangi Özbekiston orzusi köz öngimizda real haqiqatga aylanmoqda. Xalqaro maydonda Vatanimizga nisbatan hurmat va etibor tobora ortib bormoqda.
Işonamizki, kelajagimiz bölgan yoşlar yurtimizni yanada rivojlantirişga özlarining munosib hissalarini qöşadilar. Biz esa öz navbatida içki işlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaymiz.
Qadrli hamkasblar, hurmatli faxriylar!
Sizlarni bugungi uluğ ayyom bilan yana bir bor çin qalbimdan tabriklayman. Barçangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, bebaho boyligimiz bölgan tinçlik va osoyiştalikni asraş, jamoat tartibini saqlaş, barqarorlikni taminlaş, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlaşdek masuliyatli va şarafli xizmatlaringizda omad va zafarlar tilayman.
Hurmat bilan,
Xorazm viloyati IIB boşliği,
polkovnik Şermuxamedov Abdumajid Mavlyanoviç