Xorazm – Özbekistonda eng köp baliq ovlangan hudud
5-09-2025, 11:32
489 марта
Xorazm – Özbekistonda eng köp baliq ovlangan hududMilliy statistika qömitasi malumotlariga köra, 2025 yilning yanvar–iyun oylarida respublika böyiça jami 53,2 ming tonna baliq ovlangan. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 9,4 % ga köpdir.
Eng köp baliq ovlangan hudud sifatida Xorazm viloyati qayd etildi. Yanvar–iyun oylari mobaynida viloyatda 9,4 ming tonna baliq ovlangan bölib, bu jami mamlakat böyiça ovlangan baliqning 17,7 % ni taşkil etadi.
Bu natija bilan Xorazm respublikada birinçi örinda turibdi.
Hududlar kesimida ovlangan baliq hajmi (2025 yil yanvar–iyun):
- Xorazm viloyati – 9,4 ming tonna
- Toşkent viloyati – 5,4 ming tonna
- Jizzax viloyati – 5,2 ming tonna
- Andijon viloyati – 4,9 ming tonna
- Qoraqalpoğiston Respublikasi – 4,6 ming tonna
- Sirdaryo viloyati – 4,6 ming tonna
- Navoiy viloyati – 4 ming tonna
- Farğona viloyati – 3,8 ming tonna
- Samarqand viloyati – 3 ming tonna
- Namangan viloyati – 3 ming tonna
- Buxoro viloyati – 2,4 ming tonna
- Surxondaryo viloyati – 1,8 ming tonna
- Qaşqadaryo viloyati – 1,1 ming tonna