Urganç tumanida sanoat yönalişidagi tadbirkorlar bilan uçraşuv taşkil etildi
6-09-2025, 14:05
113 марта
Urganç tumanida sanoat yönalişidagi tadbirkorlar bilan uçraşuv taşkil etildiPrezident Şavkat Mirziyoyevning kiçik va örta biznes vakillari bilan uçraşuvida bildirilgan taklif va tavsiyalarni hayotga tatbiq etiş maqsadida hududlarda tadbirkorlar bilan muntazam muloqotlar ötkazilmoqda.
Şu doirada Urganç tumani hokimi G.Sultanovning mahalliy tadbirkorlar bilan navbatdagi uçraşuvi taşkil etildi. Uçraşuvda tumanda faoliyat yuritayotgan sanoat yönalişidagi korxonalarning iş jarayoni bilan tanişildi, tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi va hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Xususan, quyidagi korxonalar faoliyati örganildi:
- «GANJA VALI ŞIRINLIKLARI» xususiy korxonasi milliy şirinliklar işlab çiqariş bilan şuğullanmoqda.
- «TURON TRANSFORMATOR» masuliyati çeklangan jamiyati transformator işlab çiqarişga ixtisoslaşgan.
- «MILLIY BOTTLERS» xususiy korxonasi qadoqlangan içimlik suvlarini işlab çiqarmoqda.
- «KHOREZM SALT BIZNES» masuliyati çeklangan jamiyati istemol va sanoat tuzi işlab çiqariş bilan şuğullanadi.
- «ASPHALT-ROAD SERVICE» masuliyati çeklangan jamiyati asfalt işlab çiqarişga yönaltirilgan.
Muhokamalar jarayonida tadbirkorlar öz taklif va taşabbuslarini bildirişdi. Şu bilan birga, tumanda sanoat salohiyatini kengaytiriş va yangi iş örinlari yaratiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar belgilab olindi.







