Xorazmdagi barça gaz zapravkalari töliq quvvatda işlayaptimi?
12-09-2025, 10:37
678 марта
Xorazmdagi barça gaz zapravkalari töliq quvvatda işlayaptimi?Bugungi kunda Xorazm viloyatida aholi va haydovçilar uçun 89 ta Avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (AGTKŞ) faoliyat yuritmoqda. Mutasaddilarning malumotiga köra, mazkur şoxobçalar töliq quvvatda işlab, aholini uzluksiz va xavfsiz tabiiy gaz bilan taminlaşga xizmat qilmoqda.
Gaz zapravkalarining barqaror işlaşi viloyatdagi transport vositalari harakati uzluksizligini taminlaydi. Şuningdek, haydovçilarning uzun navbatlarda qiynalmasligi va xizmat sifatidan mamnun bölişi ham ularning samarali faoliyatiga bevosita boğliq.
Aytiş joizki, bugungi kunda aholi tomonidan gaz zapravkalardagi narx-navoda keskin özgariş yöqligi ham muhim omil sifatida qayd etilmoqda. Barça şoxobçalarda narx belgilangan tartib asosida saqlanmoqda.
Şu bilan birga, mutasaddi taşkilotlar tomonidan har bir şoxobçaning texnik holati va xavfsizlik qoidalari doimiy ravişda nazoratga olingan.
Demak, viloyatdagi 89 ta gaz zapravkasi haqiqatdan ham töliq quvvatda işlayotgani — aholi va haydovçilar uçun katta qulaylik, iqtisodiyot uçun esa muhim infratuzilma hisoblanadi.

