Urganç tumanida yöl-transport hodisasi: Cobalt avtomobil ağdarilib ketdi
19-09-2025, 20:23
943 марта
Urganç tumanida yöl-transport hodisasi: Cobalt avtomobil ağdarilib ketdiBugun Urganç tumanidagi Çoliş yölida yöl-transport hodisasi röy berdi. Hodisa oqibatida Cobalt rusumli yengil avtomaşina ağdarilib ketgan.
Guvohlarning sözlariga köra, yölda yana bir avtomaşina ham qatnaşgan, ammo uning rusumi va aniq malumotlari hozirça nomalum. Hodisa sabablari tekşirilmoqda.
Hozirgi vaqtda mutasaddi idoralar tomonidan voqea joyida suriştiruv işlari olib borilmoqda. Yöl harakat xavfsizligi xodimlari iştirokida avtomobillarni evakuatsiya qiliş va harakat xavfsizligini taminlaş çoralari körilmoqda.
Aholi va haydovçilardan ehtiyotkorlik bilan harakatlaniş, ayniqsa mazkur yöldan ötişda qoidalarga qatiy amal qiliş söralmoqda.