Xorazm xonlari milliy taomlari gastrofestivali yakunlandi!
21-09-2025, 22:48
466 марта
Xorazm xonlari milliy taomlari gastrofestivali yakunlandi! Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jörabek Raximov, viloyat hokimining örinbosari Botir Saidov, şahar hokimi Temur Davletov hamda Oşpazlar uyuşmasining xalqaro ekspertlari Alzaben Amjad Mustafa va Tolibjon Umaraliyev iştirok etdilar.
Festival doirasida mamlakatimizning turli hududlaridan 20 dan ortiq maşhur oşpazlar iştirok etib, 50 dan ziyod milliy, Yevropa va Osiyo taomlarini taqdim etdilar.
Mehmonlarga milliy raqs va kuy-qöşiqlar namoyiş etilib, festival ularga yorqin va unutilmas kayfiyat ulaşdi.
Bu tadbir nafaqat gastronomik turizmni rivojlantirişga, balki xalqimizning qadimiy urf-odatlari va mehmondöstlik ananalarini keng tarğib qilişga xizmat qildi.

