Xorazmda elektr taminoti vaqtinça uziladi(töliq röyxat)
22-09-2025, 19:48
2 215 марта
Xorazmda elektr taminoti vaqtinça uziladiXurmatli elektr energiyasi istemolçilari!
Özbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qiliş qoidalariga asosan joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça Xorazm viloyatining ayrim hududlarida profilaktika işlari olib borilişi munosabati bilan elektr taminoti vaqtinça uziladi.
Uşbu işlar davomida quyidagi mahallalarda svet öçişi mumkin:
🔹 Urganç tumanida: Şermatlar, Oq ariq, Çakkaköli, Şolikor, Baxşilar, Xilol, Gulobod mahallalari;
🔹 Qöşköpir tumanida: Kökşom, Qadriyat, Oltin voha, Durdona, Xonobod, Nezaxos, Örta qişloq, Polvon, Baratlar, Arablar, Börloq, Yangilik, Ayronköl, Yovğir, Mesit, Qorovul, Vaxmçi, Döstlik, Ilgaldi, Mehnatobod, Şerobod, Paxtakor, Amirqum mahallalari;
🔹 Şovot tumanida: Oğahiy, Navröz, Bözqala, Beşçiqir, Ijtimoyat mahallalari;
🔹 Xiva şahrida: Angarik mahallasi.
⚠️ Elektr taminoti işlar tugagandan söng qayta tiklanişi malum qilindi.