Havo sovidi, nazorat kuçaydi: IIB rahbariyati energiya tizimi tayyorligini örgandi
15-10-2025, 09:51
338 марта
Havo sovidi, nazorat kuçaydi: IIB rahbariyati energiya tizimi tayyorligini örgandiXorazm viloyati Içki işlar boşqarmasi rahbariyati hamda masul xodimlar tomonidan energiya taminoti korxonalarida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati örganildi.
Örganişlar davomida aholini uzluksiz elektr va tabiiy gaz resurslari bilan taminlaş böyiça amalga oşirilayotgan işlar, ehtiyot zaxiralar holati, avariyaviy brigadalarning texnik va moddiy imkoniyatlari közdan keçirildi.

IIB rahbariyati tomonidan mutasaddilarga mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş, ehtiyojmand hududlarda energiya taminotini barqarorlaştiriş, aholi murojaatlariga javobgarlikni oşiriş yuzasidan zarur tavsiya va topşiriqlar berildi.

Şuningdek, tezkor çoralar köriş, profilaktika işlarini kuçaytiriş va mavsum davomida har bir hududda vaziyatni doimiy nazoratda uşlaş muhimligi takidlandi.Mavsum oldidan ötkazilgan bu kabi nazorat tadbirlari aholi uçun qulay şaroit yaratiş, energetika tizimidagi uzilişlarni oldini oliş va xavfsizlikni taminlaşga qaratilgan.