Xonqa tuman hokimi profilaktika inspektorlari bilan oçiq muloqot ötkazdi
16-10-2025, 15:23
115 марта

Xonqa tuman hokimi profilaktika inspektorlari bilan oçiq muloqot ötkazdi
Xonqa tumani hokimi Uluğbek Davlatovtuman IIB profilaktika (katta) inspektorlari bilan oçiq muloqot ötkazdi. Uçraşuv tuman hokimligida bölib ötdi va unda tuman prokurori, IIB boşliği hamda mahalla fuqarolar yiğini raislari ham iştirok etdilar.
Muloqotda hokim jamoat xavfsizligini taminlaş, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş, aholi osoyiştaligini mustahkamlaşda profilaktika inspektorlarining faoliyati muhim ahamiyat kasb etişini takidladi.
Şu bilan birga, tuman hokimi profilaktika inspektorlari bilan bevosita suhbatlaşib, ularning faoliyatida uçrayotgan muammolarni eşitdi va amaldagi tizimni yanada takomillaştiriş böyiça takliflarini tingladi.
Uçraşuv oçiq va samimiy muhitda ötdi. Hokim inspektorlarni faoliyatni tubdan yangi bosqiçga olib çiqiş, har bir mahallada jinoyatçilikka qarşi kuraşişda taşabbuskor bölişga çaqirdi.
Tadbir yakunida xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, mahallasida jinoyatçilikka yöl qöymagan, faoliyati bilan boşqalarga namuna bölayotgan profilaktika (katta) inspektorlariga tuman hokimining taşakkurnomalari va esdalik sovğalari topşirildi.





