Urgançda “IMZO GLASS KHOREZM” oyna va deraza romlari işlab çiqariş korxonasi işga tuşirildi
16-10-2025, 18:46
582 марта
Urgançda “IMZO GLASS KHOREZM” oyna va deraza romlari işlab çiqariş korxonasi işga tuşirildiBugun Urganç şahridagi al-Xorazmiy şaharçasida “IMZO GLASS KHOREZM” masuliyati çeklangan jamiyati tomonidan toblangan oyna, deraza va eşik romlari işlab çiqariş loyihasi rasman işga tuşirildi.
Korxona xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan bölib, yiliga taxminan 116 milliard sömlik mahsulot işlab çiqariş rejalaştirilgan. Loyiha doirasida 100 nafar yoşlar uçun yangi iş örni yaratildi.
Yangi korxonaning işga tuşirilişi munosabati bilan ötkazilgan tantanali tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jörabek Raximov, mehnat faxriylari hamda quriliş sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar iştirok etdilar.


Loyihaning umumiy qiymati 7 million dollarni taşkil etib, işlab çiqariş quvvati yiliga 300 ming kvadrat metr mahsulot tayyorlaşga möljallangan.Takidlanişiça, korxona faoliyati mahalliy bozorda import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarişni yölga qöyiş, şuningdek, yangi iş örinlari yaratiş orqali viloyat iqtisodiyoti rivojiga hissa qöşadi.
