20 oktyabr kuni Xorazm viloyatining bir neçta hududlarida elektr taminoti vaqtinçalik töxtaydi
17-10-2025, 21:12
689 марта
20 oktyabr kuni Xorazm viloyatining bir neçta hududlarida elektr taminoti vaqtinçalik töxtaydi“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm filiali malumotiga köra, joriy yilning 20 oktyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gaça elektr tarmoqlarida rejali profilaktika işlari olib boriladi. Şu munosabat bilan bir qator tuman va şahar hududlarida elektr energiyasi taminotida vaqtinçalik uzilişlar bölişi mumkin.
Elektr taminoti uzilişi kutilgan hududlar:
- Urganç tumani: Tandirçi mahallasi
- Şovot tumani: Arbek, Oq köl, Mahtumquli mahallalari
- Yangibozor tumani: Boğolon mahallasi
- Xiva tumani: Varangzon, Sapça, Juryon, Arvik, Indavak, Oqqöl, Soyot, Şörköl, Qattiboş mahallalari
- Yangiariq tumani: Yangiyor, Şirşoli, Pursang, Köriktom mahallalari
- Boğot tumani: Oltinqum şaharçasi
- Hazorasp tumani: Sanoat, Muxomon, Şexyopi, Mutpiri, Navröz, Boğdor, Sulaymonqala, Işçilar, Oybek, Al-Xorazmiy, Böston mahallalari
- Urganç şahri: Maşal, Avesto, Navbahor, Marifatçi, Kuhnaqala mahallalari
Korxona va aholi vakillaridan vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr söraladi, hamda uziliş vaqtida ehtiyotkorlik çoralariga rioya qiliş tavsiya etiladi.
Elektr taminoti işlari yakunlangaç, energiya taqsimoti bosqiçma-bosqiç tiklanadi.