Urganç davlat universitetida talabalar uçun qulaylik yaratiş maqsadida yangi 8 qavatli fakultet binosi quriladi
20-10-2025, 13:37
497 марта
Urganç davlat universitetida talabalar uçun qulaylik yaratiş maqsadida yangi 8 qavatli fakultet binosi quriladiAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida zamonaviy talim muhitini yaratişga qaratilgan yana bir yirik loyiha amalga oşirilmoqda — Intellektual texnologiyalar fakultetining yangi binosi qurilişi boşlandi.
Loyiha “Qişloqqurilişloyiha” MÇJ tomonidan işlab çiqilgan bölib, 8 qavatli, 55,2 x 18,6 metr ölçamdagi töğri törtburçak şaklidagi inşoot sifatida quriladi. Binoning taşqi devorlari gazoblokdan, fasad qismi esa dekorativ travertinli suvoq bilan bezatiladi.
Kiriş qismida keng vestibyul zonasi, qulay rekreatsiya yölaklari va mavjud binoga ötiş yölagi loyihalaştirilgan. Har bir qavatda ikkita lift, evakuatsiya zinapoyalari, texnik va yordamçi xonalar, şuningdek, imkoniyati çeklangan şaxslar uçun maxsus qulayliklar yaratiladi.
Binoda quyidagi asosiy xonalar joylaştiriladi:
— 2 ta 100 örinli va 2 ta 80 örinli maruza zali;
— 60 örinli maruza xonasi;
— 24 ta 30 örinli öquv xonasi;
— 20 ta 20 örinli kompyuter xonasi;
— multimedia xonasi, magistrlar, professor-öqituvçilar va tyutorlar uçun alohida xonalar;
— axborot-resurs markazi, talim sifatini nazorat qiliş xonasi, kafedralar, garderoblar va boşqa zarur bölimlar.
Yangi bino zamonaviy texnologiyalar va ilğor talim infratuzilmasini özida mujassam etgan holda, talabalarga bilim oliş, ilmiy izlaniş va innovatsion ğoyalarni amaliyotga tatbiq etiş uçun keng imkoniyatlar yaratadi.