XORAZM YaNA BIR TOĞIDAN AYRILDI
1-11-2025, 17:52
2 519 марта
XORAZM YaNA BIR TOĞIDAN AYRILDI Sevimli şoirimiz Omon Matjon öz kitobida: ”Xorazmda toğlar yöq emas, bor! Xorazm toğlari vohani tongda quyoşdan tösib qöymaslik uçun odamlar qiyofasida yaşaşadi!”,-deya yozib ketgandi.
Bugun voha yana bir toği, ustuni – Husayn Rahmondan ayrildi.
Xorazm matbuotining, jurnalistikasining otasi, nafaqat matbuot, balki viloyatning ijtimoiy, siyosiy hayotida muhim rol öynagan, yuzlab şogirdlar yetiştirib, rahbarlikning, oddiylikning, kamtarlikning, insoniylikning yorqin timsoli bölgan ustozimiz bizni manguga tark etdi.
Ustoz bilan Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari bayrami kuni uçraşib duosini olgan edik...Afsuski, bu uçraşuvimizning sönggisi ekan. Barça yaqinlariga sabr tilaymiz...
Mirzabek JAPAQOV, huquqşunos jurnalist.