Gurlan tumanida viloyat hokimining sayyor qabuli bölib ötdi
1-11-2025, 18:33
98 марта
Gurlan tumanida viloyat hokimining sayyor qabuli bölib ötdiBugun Gurlan tumanida Xorazm viloyati hokimi Jörabek Rahimovning navbatdagi sayyor qabuli bölib ötdi.
Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-maişiy masalalar böyiça talab va takliflari, ariza va şikoyatlari örganildi. Muammolarning aksar qismi daxldor idoralar, tuman va şahar hokimliklari vakillari iştirokida joyida hal etildi.
Şuningdek, muloqot jarayonida köplab fuqarolarga ularni qiziqtirgan masalalar böyiça huquqiy tuşuntiriş va maslahatlar berildi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan oçiq muloqotni taminlaş, mavjud muammolarni manzilli hal etiş va fuqarolarning davlat idoralariga bölgan işonçini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
