XORAZMDA 2025 YILDA 9,5 MINGTADAN ORTIQ NIKOH QAYD ETILDI
4-11-2025, 15:22
136 марта
XORAZMDA 2025 YILDA 9,5 MINGTADAN ORTIQ NIKOH QAYD ETILDIMilliy statistika qömitasi malumotlariga köra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylari davomida Özbekiston böylab Fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş (FHDYo) organlarida 177 mingta nikoh qayd etilgan.
Hududlar kesimida eng köp nikohlar Samarqand viloyatida — 21,2 mingta, şundan keyin Farğona viloyati (19,4 mingta) va Qaşqadaryo viloyati (17,7 mingta) yetakçilik qilmoqda.
Xorazm viloyatida esa şu davr mobaynida 9,5 mingta nikoh qayd etilgan.
Bu körsatkiç böyiça Xorazm mamlakat böyiça örta poğonada joylaşgan.
Mutaxassislar fikriça, viloyatda nikohlar sonining barqaror saqlanişi aholining ijtimoiy faolligi va yoşlar orasida oila qurişga bölgan intiliş yuqori ekanidan dalolat beradi.
Ayni vaqtda FHDYo organlarida nikoh bilan boğliq xizmatlar elektron tarzda ham körsatilayotgani, bu esa yoş oilalar uçun qulaylik yaratmoqda.