Tuproqqalada yöl böylariga 1 mingdan ortiq daraxt köçatlari ekildi
8-11-2025, 11:05
76 марта
Tuproqqalada yöl böylariga 1 mingdan ortiq daraxt köçatlari ekildi“Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Tuproqqala tumani Yöllardan foydalaniş davlat unitar korxonasi tomonidan markaziy — D213f yöli böyiga 1 ming 100 tup mevali va manzarali daraxt köçatlari ekildi.
Mazkur taşabbusning asosiy maqsadi — atrof-muhitni obodonlaştiriş, havo sifatini yaxşilaş, yölböyi hududlarda ekologik muvozanatni saqlaş hamda fuqarolar uçun qulay yaşaş şaroitini yaratişdan iborat.
Tadbir davomida yöl böylariga mahalliy iqlimga mos bölgan terek, arça, olma va tut daraxtlari ekilgan. Şuningdek, köçatlarni suğoriş uçun tamçilatib suğoriş tizimi örnatilib, parvariş işlari rejali ravişda amalga oşirilişi belgilandi.
“Yaşil makon” loyihasi doimiy ravişda amalga oşirilib, Tuproqqala tumanida bu yil kamida 10 ming tup daraxt ekiş rejalaştirilgan. Taşkilotçilarning takidlaşiça, bunday tadbirlar nafaqat hududlarning körkamligini oşiradi, balki aholi salomatligi va ekologik barqarorlikka ham ijobiy tasir körsatadi.



